Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo`yicha Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa o`tkazilishi kerak edi.
Kuni kecha, ushbu musobaqa bekor qilingani haqida ma`lum qilindi, deya ma`lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
Bunga aynan Uxan shahrida hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, ushbu musobaqa faqat Osiyo-Okeaniya hududidagi davlatlar bokschilari uchun joriy yilning yozida bo`lib o`tadigan Tokio Olimpiadasiga yo`llanmalar taqdim etilar edi.
Endilikda ushbu turnir Xitoyning boshqa bir shahrida yoki umuman boshqa davlatda o`tkazilishi mumkin. Xalqaro Olimpiya qo`mitasi sha`feligida o`tadigan lisenzion musobaqa qachon va qaerda bo`lib o`tishi tez kunlarda ma`lum qilinishi aytildi.
Ma`lumot uchun, boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi 17 yanvar Xitoyga yo`l olgan edi. Ayni paytda bokschilarimiz Uxan shahrida o`quv-yig`in mashg`ulotini o`tkazmoqda.
Eslatib o`tamiz, so`ngi ma`lummotlarga ko`ra, ushbu xastalik bilan og`riganlar soni 444 kishiga etgan, 17 kishi ofat qurboniga aylangan.