AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab, vafot etdi

'Qozog`istonda o`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab, vafot etdi'ning rasmi

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2020-yil 22-yanvar kuni Aqtobe viloyati Irg`iz tumani hududida Samara-Chimkent avtomobil trassasida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida engil-avtomobil yo`lovchisi, O`zbekiston fuqarosi N.S. vafot etdi, deya, ma`lui qildi TIV.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog`istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o`rnatdi.

Shuningdek, Bosh konsulxona xabar berishicha, ob-havo sharoitining yomonlashgani tufayli Qozog`istonning 9 ta viloyatida 48 ta uchastka barcha turdagi avtotransport vositalari uchun vaqtincha yopildi. 23-25-yanvar kunlari kuchli qor yog`ishi va bo`ron davom etadi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinalariga ta`ziya bildiradi va O`zbekiston fuqarolari e`tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o`tishda ehtimoliy risklarni hisobga olish va tegishli choralar ko`rish zarurligiga qaratadi. 

Qozog`istonda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda O`zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo`la, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag`anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto`be, Atirau, G`arbiy Qozog`iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog`iston, Turkiston, Jambil va Qizilo`rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tamiz.

 

    Boshqa yangiliklar