“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o`rinbosari – transport vaziri lavozimi tugatilib, Bosh vazirning birinchi o`rinbosari lavozimi kiritildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida bir qator lavozimlar va kotibiyatlar tugatilib, boshqa lavozimlar kiritildi va tegishli kotibiyatlar tashkil etildi.
Jumladan, Bosh vazirning ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha o`rinbosari, Bosh vazir o`rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimlari kiritildi, Investisiyalar, eksportni qo`llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari kotibiyatlari kabilar tashkil etildi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat bo`lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
23.01.2020 10:46
Bosh vazirning ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy etildi






