AsosiyJamiyat

Andijonda o`zini yoqib yuborgan fuqaro yuzasidan MIB izoh berdi

'Andijonda o`zini yoqib yuborgan fuqaro yuzasidan MIB izoh berdi'ning rasmi

Sal avval, Andijonda uydan ko`chirish haqidagi sud qarori ijrosidan norozi fuqaro o`ziga o`tib qo`yib yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati boshlig`i Farrux Toshpo`latov Andijondagi mazkur voqea yuzasidan “darakchi.uz” ma`lumotlar taqdim etdi: 

— Byuroning Andijon tuman bo`limi ish yurituvidagi fuqaro Z.G. va uning oila a`zolarini Andijon tumani, Ayrilish MFYda uydan majburiy tartibda ko`chirish hamda da`vogar M.B.ni ushbu uyga kiritish haqida ijro hujjati mavjud bo`lib, shu yilning 21 yanvar kuni kechga yaqin mas`ul xodimlar ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qayd etilgan manzilga chiqishgan.  MIB xodimlari, shuningdek, da`vogar va javobgar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirish jarayonida taraflar o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab ijro harakatlari bir kun keyinga — 22 yanvarga qoldiriladi.

Shundan so`ng, MIB xodimlari va ijro harakati uchun jalb qilingan boshqa shaxslar qayd etilgan manzildan chiqib ketayotgan vaqtida javobgar X.G. o`ziga benzin sepib, o`t qo`yib yuboradi. Oqibatda tanasining 45 foizi kuyib, og`ir tan jarohat bilan kasalxonaga tushadi..

Ayni paytda holat bo`yicha Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Voqelikning qisqa tafsiloti shu. Pirovardida, alohida ta`kid etamizki, MIBda sud qarorlari muhokama etilmaydi. Balki qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ijrosi ta`minlanishi shart. Sud qarorlari ijrosini vaqtincha to`xtatishning qonuniy tartiblari bor. Nima bo`lgandayam sud qarori ijrosini o`z-o`ziga o`t qo`yish orqali to`xtatishga urinishni to`g`ri tanlov emas, deb hisoblaymiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar