AsosiyJamiyat

Toshkentda 50 qavatli egizak binolar quriladi

'Toshkentda 50 qavatli egizak binolar quriladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida 2020 yilda Toshkent shahrining Bektemir, Sergeli, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish ishlari va istiqbolli loyihalarning taqdimlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi, deya xabar berdi hokimlik Matbuot xizmati.

Anjuman ishtirokchilari 2020 yilda Toshkent shahrida issiqlik tizimini tartibga solish, mavjud muammolarni bartaraf etish haqida axborot hamda boshqa loyihalar bilan tanishdilar. Farg`ona yo`li, A.Donish va Yangi Sergeli ko`chalarini kapital ta`mirlash, Sergeli tumani kichik sanoat zonasida amalga oshirilishi ko`zda tutilgan "Sergeli industrial park” loyihaviy taklifi shular jumlasidandir. Yakkasaroy KSZ hududida joylashgan korxonalar quyidagi shartlarda ko`chiriladi: ularga bepul asosda er maydoni xususiy mulk huquqi bilan beriladi, yoki mablag`lari etarli bo`lmasa, ularga kerakli inshootlar qurilib, 7 yilgacha muddatli foizsiz to`lov asosida taqdim etiladi.

Yakkasaroy kichik sanoat hududining o`rnida esa ikkita 50 qavatli osmono`par bino va ishbilarmonlik markazi quriladi.

Shuningdek Chirchiq daryosining Toshkent shahri hududidan oqib o`tuvchi qismini tozalash va sohillarini obodonlashtirishga oid loyiha taqdim etildi. Mazkur loyihaning qiymati 100 mln. AQSh dollarini tashkil etib, hududning obodonlashtirilishi natijasida bo`shaydigan er maydonining 245 gektarida Texnopark hamda 320 gektarida zamonaviy bozorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar natijasi umumiy 160 ming yangi ish o`rni yaratilishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar