AsosiyJamiyat

Ertaga barcha hududlarda yomg`ir yog`ishi aytilmoqda

'Ertaga barcha hududlarda yomg`ir yog`ishi aytilmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" markaz ertaga, 24 yanvar kungi ob-havo ma`lumotlarini taqdim qildi

 TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.  

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar