O`zbekistonlik ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan airways kompaniyasi joriy yilning 2 fevral kunidan e`tiboran "Toshkent – Jidda – Toshkent" yo`nalishida ikkita qo`shimcha qatnov joriy etilishini ma`lum qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qo`shimcha qatnovlar haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar vizasi bor yo`lovchilarga sotiladi.
Eslatib o`tamiz, bugungi kunda mazkur yo`nalishda aviakompaniya haftasiga 14 marotaba parvozlarni amalga oshirmoqda. Fevral oyidan esa haftalik parvozlar soni 16 tani tashkil etadi.
Uzbekistan airways "Toshkent – Jidda – Toshkent" yo`nalishida parvozlar chastotasini yanada ko`paytirish bo`yicha choralarni amalga oshirmoqda.






