AsosiyJamiyat

Uchtepada kuchli ta`sir qiluvchi dori sotayotgan fuqarolar qo`lga tushdi

'Uchtepada kuchli ta`sir qiluvchi dori sotayotgan fuqarolar qo`lga tushdi'ning rasmi

 Uchtepa tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B.ning qo`lidagi qutida tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 31,8 million so`mlik jami 522 dona “Tropikamid”, “REGAPEN”, “Andante” hamda “Selofen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so`ng, tadbir davom ettirilib, fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, mazkur avtomashina yukxonasida ham umumiy qiymati 32,8 million  so`mlik 412 dona “Tropikamid” hamda “REGAPEN” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 64,6 million  so`mlik 934 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar