Joriy yilning 22 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga, Boysun-Termiz yo`nalishidagi avtomobil yo`lida kuchli qor yog`ishi natijasida mashinalarning harakati vaqtinchalik to`xtagani to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.
Mazkur xabar yuzasidan, Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo`l qordan tozalanib, 150 dan ortiq avtomashinalar va 300 ga yaqin fuqarolarga amaliy yordam ko`rsatildi.
O`z sohasining mutaxassislari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida Boysun-Termiz yo`nalishidagi avtomobillar harakati tiklandi.






