2020 yilning 23 yanvar kuni soat 03:30da Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Qarshi shahar “Shodlik” mahallasida joylashgan 22 ko`p qavatli uyda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risidagi ma`lumot kelib tushdi.
Unga ko`ra, shu uyda istiqomat qiluvchi fuqaro, qo`shnisining yashash uyidan tutun chiqayotganligini ma`lum qilgan.
Murojaat yuzasidan, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman yong`in-qutqaruv guruhlari soat 03:36da etib borib soat 03.39da to`liq bartaraf etildi.
Ta`kidlash joiz, qutqaruv jarayonida uy egasi fuqaro P.T. tutundan zaharlanishi oqibatida xushsiz holatda aniqlangan va xavfsiz hududga olib chiqilib birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.






