Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasi taqdim etilmoqda.
Unga ko`ra, 2019 yilda qilingan ishlar va kelgusi yilda rejalashtirilgan loyihalar haqida ma`lum qilindi.
Xususan, ona tilini o`rganish va tilni takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar berildi.
“Ona tili bo`yicha milliy test sinovi joriy etilishini taklif qilaman. Yoshlar bu bo`yicha yilning istalgan paytida imtihondan o`tadi va o`z bilim ko`rsatkichi sertifikatiga ega bo`ladi. OTMga kirish imtihonalari paytida ona tili fanidan qayta imtihon topshirishiga hojat qolmaydi” , — dedi davlat rahbari.






