AsosiyJamiyat

Tarixda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi — Prezident

'Tarixda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi — Prezident'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida o`tgan yili amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalarni ta`kidlab o`tdi.

Davlatimiz rahbari 2020 yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni belgilab berdi:

“Bog`cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish darajasini, joriy yilda 60 foizga etkazishimiz zarur.

Ushbu maqsadlarga joriy yilda byudjetdan qariyb 2 trillion so`m mablag` ajratiladi.

Bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi.

Bunga byudjetdan 130 milliard so`m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta`lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar