1

Shavkat Mirziyoev: “Mening eng katta niyatim har bir inson, o`zining uy-joyiga ega bo`lsa”

Jamiyat 24.01.2020, 12:32
Shavkat Mirziyoev: “Mening eng katta niyatim har bir inson, o`zining uy-joyiga ega bo`lsa”

Prezident Shavkat Mirziyoev iqtisodiyot sohasidagi vazifalarga to`xtalar ekan, biznes muhitini yanada yaxshilash eng muhim masalalardan biri bo`lib qolishini ta`kidladi:

Uy-joy qurilishiga xususiy sektorni faol jalb qilmasdan turib, aholining uy-joyga bo`lgan talabini to`liq ta`minlash mumkin emas. Shu sababli yangi ipoteka tizimi joriy etilmoqda.

Bu borada viloyatlardagi shaharlar va Toshkent shahrida 18 mingga yaqin hamda qishloqlarda 4 mingta uy-joy xususiy sektor tomonidan quriladi.

Davlat, banklar o`rtasida sog`lom raqobatni ta`minlash maqsadida, ularga qariyb 4 trillion so`m mablag`larni auksionlar orqali ajratadi.

Kam ta`minlangan aholini qo`llab-quvvatlash maqsadida shaharlarda 16 ming oilaga uy-joy olishga boshlang`ich badal va kredit foizini qoplashga byudjetdan 1 trillion so`m subsidiya ajratiladi.

Mening eng katta niyatim shuki, Vatanimiz ichra har bir inson, o`zining “kichik vatani”ga – uy-joyiga ega bo`lsa, bizdan xalqimiz ham, Yaratgan ham rozi bo`ladi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1