1

“O`zbekneftgaz”da rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat 24.01.2020, 14:52
“O`zbekneftgaz”da rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi

"O`zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmatining xabar berishicha, jamiyatning ikkita departamentiga yangi tayinlovlar amalga oshirilgan.

Obidov Iqboljon “O`zbekneftgaz” AJ Tijorat departamenti boshlig`i etib tayinlangan.

Tayinlovga qadar u “O`zbekneftgaz” AJ Neftni qayta ishlash, neftkimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamentining Neft mahsulotlarini transportirovka qilish, saqlash va etkazib berish bo`limi boshlig`i vazifasida ishlab kelgan.

 "O`zbekneftgaz" AJ Personalni boshqarish departamenti boshlig`i etib tayinlangan Avezov Anvar bir necha yillar davomida O`zmilliybank Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki “Nurullaboy” tarixiy majmuasidan foydalanish direksiyasi direktori vazifasini bajarib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1