1

AQSh vakili: ”Ismoil G`ani Amerikaliklarni o`ldirsa, uni Sulaymoniyning qismati kutib turibdi”

Dunyo 24.01.2020, 14:57
AQSh vakili: ”Ismoil G`ani Amerikaliklarni o`ldirsa, uni Sulaymoniyning qismati kutib turibdi”

AQShning Eron bo`yicha maxsus vakili Brayan Huk o`ldirilgan  Qosim Sulaymonining o`rinbosari Ismoil G`ani Amerikaliklarning hayotiga tahdid qilsa, u ham o`ldirilishini aytdi,  deb xabar bermoqda tarjimon.uz  Asharq al-Awsat gazetasiga tayanib.

«Agar Ismoil G`ani Amerikaliklarni o`ldirishda Sulaymoniydek yo`l tutsa,  uni xuddi shunday taqdir kutib turibdi. Prezident Tramp har doim Amerika manfaatlarini himoya qilish uchun bizga tahdid qilganlarga qat`iyat bilan javob berilishini aytib kelgan. Menimcha,  Eron hukumati  Amerikaga hujum qila olmasligi endi tushunib etmoqda», deydi Xuk Davosda bergan intervyusida.

Eslatib o`tamiz, Eronning Iroqdagi kuchlariga general etib tayinlangan so`ng Ismoil G`ani marhum Sulaymoni tomonidan olib borilgan «porloq yo`lda» davom etishini va`da qilgan va maqsadi AQSh kuchlarini mintaqadan chiqarib yuborish ekanligini aytgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1