1

Andijonda uch egizakni dunyoga keltirib, og`ir ahvolda yotgan onaning holati haqida rasmiy ma`lumot

Jamiyat 24.01.2020, 15:13
Andijonda uch egizakni dunyoga keltirib, og`ir ahvolda yotgan onaning holati haqida rasmiy ma`lumot

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda uch egizakni dunyoga keltirgan ayolning tug`ish jarayonida qon tomirlari yorilib ketganligi sabab salomatligi og`irlashib qolgani haqida xabarlar tarqalgani haqida ma`lumot bergan edik.

Bu ayolning holati haqida viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasidan rasmiy ma`lumot bergan. Ma`lumotga ko`ra, xomilador ayol Maniyozova Ozoda 1990-yil tug`ilgan. 2020 yil 14 yanvar kuni soat 02.00da og`ir holatda Andijon viloyat Perinatal markaziga shoshilinch yotqizilgan.

 16 yanvarda esa u kesar kesish tashrihi o`tkazilib, 3 nafar - 2 o`g`il, 1 qiz farzand ko`rdi. Hozirda egizak chaqaloqlar reanimasiya bo`limida malakali shifokorlar tomonidan nazoratga olingan. Ayolning o`zi reanimasiya bo`limida og`ir holatda, belgilangan tartibda davo muolajalarini olmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1