1

"O`zshahar qurilish invest" 2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joy egalarini ogohlantirdi

Jamiyat 24.01.2020, 15:44
"O`zshahar qurilish invest" 2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joy egalarini ogohlantirdi

"O`zshahar qurilish invest" IK 2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarni Ushbu uy-joylar bank krediti mablag`lari hisobiga qurilgani va kreditga hisoblangan foizlar uy-joylar narxiga qo`shib borilishini ma`lum qildi. 

Uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun uy egalaridan o`ziga biriktirilgan kvartirani qisqa muddatda nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olish so`raldi. 

Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5886-sonli farmoni 5-bandiga muvofiq, uy-joylar 2020 yil 1 iyulga qadar rasmiylashtirilib, kvartira qiymati "O`zshahar qurilish invest" IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15% qo`shilgan qiymat solig`i qo`shilishi haqida ogohlantiramiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1