1

Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish bo`yicha topshiriqlar berildi

Jamiyat 24.01.2020, 16:26
Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish bo`yicha topshiriqlar berildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilanO`zbekistonda yangi Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish bo`yicha topshiriqlar berildi. Hujjat Lex.uz saytida joylashtirildi.

Yangi qaror bilan, Humo Air MChJ «Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK mulki negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida qayta tashkil etiladi. Yangi tashkil etiladigan aviakompaniyaga «An-2» rusumli 43ta engil samolyot va boshqa mulklar o`tkazib beriladi.

Hujjatga ko`ra, 3 oy muddatda yangi havo kemalarini sotib olish, shuningdek, lizing shartlari asosida ijaraga olish yo`li bilan samolyot-motor parkini bosqichma-bosqich yangilashni nazarda tutgan holda «Humo Air» MChJni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilib tasdiqlanishi topshirildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda «Humo Air» MChJ faoliyatini rivojlantirish uchun investisiyalarni, shuningdek, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etishga qaratilgan amaliy choralarni ko`radi.

Eslatib o`tamiz, 18 yanvar kuni O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov joriy yilda yangi Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini ma`lum qilgandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1