1

Ko`plab shikoyatlar bo`layotgan "Recruit consulting work” xususiy bandlik agentligi lisenziyasi to`xtatildi

Jamiyat 24.01.2020, 17:47
Ko`plab shikoyatlar bo`layotgan "Recruit consulting work” xususiy bandlik agentligi lisenziyasi to`xtatildi

“Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma`lum qildi.

Keltirilishicha, vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko`plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomining 45-bandiga muvofiq, “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi”  MChJ lisenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to`xtatilganligi to`g`risida qaror qabul qildi.

Shu 10 kun davomida “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi talab etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1