AsosiyJamiyat

Yangi tartib: XTB mudiri va maktab direktorligi tanlovi joriy etildi

'Yangi tartib: XTB mudiri va maktab direktorligi tanlovi joriy etildi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi rahbar kadrlarni tanlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tajriba tariqasida xalq ta`limi bo`limi mudiri va umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori lavozimiga tanlov o`tkazmoqda", - deya xabar bermoqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot ximati.

Xalq ta`limi bo`limi mudiri, umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori lavozimiga tanlov o`tkazish tajriba tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 2020 yil 15 yanvardan boshlab joriy etildi.

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda — talabgorning xalq ta`limi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi, IQ, EQ, menejerlik ko`nikmalarini baholovchi test sinovi o`tkaziladi;

ikkinchi bosqichda — talabgorning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash maqsadida suhbat o`tkaziladi.

Xalq ta`limi bo`limi mudiri lavozimi uchun o`tkazilgan tanlov natijalariga ko`ra g`olib deb topilgan talabgor bilan o`rnatilgan tartibda mehnat shartnomasi tuzilib, lavozimga tayinlanadi.

Maktab direktori lavozimiga esa kamida 3 nafar talabgor yuqorida qayd etilgan bosqichlar natijalariga ko`ra tanlab olinadi va maktabning Kuzatuv kengashiga ushbu nomzodlar tarkibidan ta`lim muassasasi rahbarini saylash uchun tavsiya etiladi.

Kuzatuv kengashi talabgorlar orasidan ochiq ovoz berish yo`li maktab direktorini saylaydi.

Tegishli hududiy boshqarma Kuzatuv kengashi yig`ilishi bayonnomasi asosida saylangan talabgor bilan mehnat shartnomasi tuzadi hamda uni lavozimga tayinlash haqida buyruq qabul qiladi.

Eslatib o`tamiz, Xalq ta`limi vazirligi tizimida bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumotlarni ish.uzedu.uz saytidan olishingiz mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining 2019 yil 26 noyabrdagi "Tajriba tariqasida xalq ta`limi bo`limi mudiri, umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori lavozimiga tanlov o`tkazish tartibini joriy etish to`g`risida" 378-son buyrug`i.

    Boshqa yangiliklar