1

Sirdaryodagi ayanchli YTH

Jamiyat 25.01.2020, 12:26
Sirdaryodagi ayanchli YTH

Mirzaobod tumani hududida dahshatli yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati tomonidan ushbu hodisa tafsilotlari o`rganildi.

2020 yil 21 yanvar kuni soat 20:30 larda fuqaro A.A. o`ziga tegishli Lasetti rusumli avtomashinasida Mirzaobod tumani Bog`iston MFY hududida boshqarib kelayotgan. U o`zidan oldinda qayrilib olish joyida qayrilish uchun manyovrini amalga oshirayotgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi Zil-4502 rusumli avtomashinasining orqasidan borib urilgan. Natijada Lasetti avtomashinasi haydovchisi A.A. tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirzaobod tumani IIB tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1