AsosiyDunyo

Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (Video)

'Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (Video)'ning rasmi

Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda mumiyolangan ruhoniydan g`alati ovoz chiqdi. 

Fir`avn Ramzes XI davrida yashagan Nesyamun kohinining ovozini London va York universitetlarining olimlari o`rgangan. Ular avvaliga mumiyo kompyuter tomografiyasidan o`tkazildi. Tadqiqotchilar ushbu yo`l bilan Nesyamunning boshi va bo`ynining skaner tasvirlariga ega bo`ldi, shundan keyin uning ovoz yo`li 3D-modeli yaratilgan.

Keyinchalik ushbu model 3D-printer yordamida chiqarilgan. Model mumiyolangan jasaddagi tilga ziyon etgani tufayli ideal ko`rinishda chiqmagan. Taxminlarga ko`ra, bunga hasharot chaqishi oqibatidagi allergik reaksiya sabab bo`lgan. Uch ming yillik topilmaning ko`rinishi va ovozini tiklash uchun chala qolgan qismni kompyuterning o`zi modellashtirib yig`di. Lekin shunga qaramay, kohinning ovozi qanday bo`lganini eshitishga muvaffaq bo`lindi.

Chop etilgan ovoz yo`liga og`iz modeli va dinamik o`rnatildi. Shu tariqa Nesyamunni gapirtirishga erishildi. Uning qisqa nutqida inglizcha «bad» («yomon») va «bed» («krovat») so`zlariga yaqin tuvoshlar jamlanmasi yangradi.

Nesyamun — gapirtirilgan birinchi mumiyolangan murda emas. 2016 yilda tadqiqotchilar Alp tog`larida besh ming yil avval yashagan «muzlagan odam»ni ham gapirtirgan. O`shanda ovozni eshittirishning bu galgi nisbatan aniqroq metodikasidan foydalanilgan.

Boshqa yangiliklar