AsosiyJamiyat

O`zbekiston rasmiylari 11 nafar hamyurtimiz yonib ketgan Tomskka etib bordi.

'O`zbekiston rasmiylari 11 nafar hamyurtimiz yonib ketgan Tomskka etib bordi.'ning rasmi

2020 yil 23 yanvar kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh Rossiyaning Tomsk viloyatiga etib keldi, deb yozmoqda TIV rasmiy Telegram kanali.

Ishchi guruh 21 yanvar kuni Tomsk viloyati Asino tumani Prichulim posyolkasida sodir bo`lgan yong`inda 10 nafar fuqaroning halok bo`lgani bilan bog`liq vaziyatni o`rganmoqda va O`zbekiston Prezidenti topshirig`i bilan fojia sabablarini o`rganish hamda halok bo`lganlarning oilalariga va 2 nafar jabrlangan fuqaroga yordam ko`rsatish uchun tashkil etilgan Hukumat komissiyasiga o`z takliflarini taqdim etadi.

Ishchi guruh Tomsk viloyatining tegishli hokimiyat organlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi. Muzokaralarda hamyurtlarimizning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Bosh konsulxona yong`inda vafot etgan 11-insonning shaxsi aniqlangani to`g`risidagi ma`lumotni 24 yanvar kuni tasdiqladi. U O`zbekiston fuqarosi M.M. ekani ma`lum bo`ldi.

Avval O`zbekiston FVV Rossiyaning Tomsk viloyatidagi yotoqxonada yuz bergan yong`in oqibatida halok bo`lganlar soni 11 kishiga etgani va shaxsni tanish jarayonlari yakuniga etganidan so`ng, halok bo`lganlarning jasadlarini Vatanga olib kelish uchun Toshkentdan Tomsk viloyatiga maxsus bort uchishi haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid:

Tomskdagi yong`inda 10 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

O`zbekiston Bosh konsulxonasi Tomskdagi vaziyatni nazoratga oldi

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi

Rossiyada yonib ketib halok bo`lgan o`zbekistonliklardan 9 nafarining shaxsi aniqlandi. Ularning aksariyati Navoiydan

O`zbekiston Musulmonlar idorasi Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi

Prezident ko`rsatmasiga binoan Tomskdagi yong`in sabablarini o`rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi

Otabek Umarov Tomskda vafot etgan vatandoshlarimizning yaqinlariga sabr-bardosh tiladi

Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan barcha 10 nafar O`zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi

Yana Rossiya, yana yong`in, yana o`zbeklar, yana qurbon...

Rossiyada yonib ketgan 11-o`zbekistonlikning ham shaxsi aniqlandi

    Boshqa yangiliklar