1

TIV: Karantin hududda qolgan o`zbeklarni evakuasiya qilish uchun rad javobi berilmoqda

Jamiyat 25.01.2020, 18:51
TIV: Karantin hududda qolgan o`zbeklarni evakuasiya qilish uchun rad javobi berilmoqda

Xitoy hududida bo`lib turgan yoki ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolarini TIV yana bir marta ogohlantirmoqda.  

O`zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra 2020-yil 25-yanvar holatiga ko`ra koronavirusli pnevmoniyadan vafot etganlar soni 41 nafarga, kasallanganlar esa 1287 nafarga etdi, yana 1965 kishi kasallangan degan gumon bilan shifokorlar nazoratida. Ular orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Ushbu virusning yanada tarqalishini oldini olish maqsadida Xubey provinsiyasining Uxan shahri va boshqa 12 ta shaharlari karantin uchun yopildi. Mahalliy hokimiyat gavjum joylarda virus yuqishi xavfining yuqoriligini inobatga olib sanitariya tadbirlari davomida tashqariga chiqmaslikni maslahat bermoqda.

Karantin e`lon qilinishi munosabati bilan tegishli hokimiyat organlari Xitoyda akkreditasiya qilingan xorijiy mamlakatlarning barcha diplomatik vakolatxonalariga chet el fuqarolarini karantin e`lon qilingan shaharlardan evakuasiya qilish bo`yicha rad javobini bermoqda. Karantin kiritilganidan so`ng boshqa davlatning elchixonalari o`z fuqarolarini evakuasiya qilgani to`g`risidagi xabar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda barcha masalalarni, jumladan zarurat tug`ilganda O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilish masalarini hal qilish uchun tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.

Elchixona va Bosh konsulxona vakillari O`zbekiston fuqarolari bilan doimiy muloqot o`rnatgan, jumladan “WeChat” ijtimoiy tarmog`ida “Uxan 2020 O‘zbekiston” va “Uzbeks in Wuhan” guruhlari ishlab turibdi.

Ayni paytda mazkur vaziyatni monotiring qilish va virusning O`zbekiston hududida tarqalishining oldini olish bo`yicha tegishli choralar ko`rish uchun O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osiyishtalik agentligi qoshida shtab tashkil etildi. Xavfli hududlardan keladigan barcha fuqarolar kuzatuvga olinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Xitoy hududidagi O`zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242, Bobur Yaxyayev, +86 139 1175-4476, Shuxrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulug`bekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1