AsosiyJamiyat

Endi svetoforlar yangicha formatda ishlaydi

'Endi svetoforlar yangicha formatda ishlaydi'ning rasmi

YHXBda 2019 yil 7 sentyabrdan YTHlarni bartaraf etish bo`yicha eksperiment boshlandi. Poytaxtdagi bir nechta chorrahalarda svetoforlarning ishlash rejimi o`zgartirildi. Bu haqda norma.uz xabar bermoqda.

Endi svetoforlar quyidagicha tartibda ishlaydi. 

Yo`nalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi signalidan (qizil) keyin «sariq» chiroq yonmasdan, birdaniga yashil chiroq yonadi. Biroq qarama-qarshi yo`nalishdagi harakat tomonida svetofor odatiy rejimda ishlaydi – «qizil», «sariq», «yashil».

Toshkentning markazidagi to`rtta chorrahada tajriba boshlanishi bilan ijobiy natijalarga erishildi – kichik to`qnashuvlar soni kamaydi. Bu shunday izohlanadi: bir yo`nalishdagi manevr ikkinchi yo`nalishdagi harakat boshlanguniga qadar bemalol yakunlanishi mumkin. Shu tariqa chorrahalardagi tirbandlik kamayadi.

Tajriba yaxshi natija berganligi sababli ayni paytda bu yangilik to`liq rejimda ishga tushirilgan. Masalan, Uchtepa tumanida o`ntadan ortiq, Chilonzor va Sergeli tumanida esa beshta svetofor «sariq» chiroqsiz ishlamoqda.

Idorada barcha haydovchilar bunga hali moslashib ulgurmagani va yo`l harakati ishtirokchilari bilan muloqotga tayyor emasligi holatlari e`tiborga olinmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar