Davergeodezkadastr qo`mitasi Matbuot xizmatining "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, qo`mita raisi tomonidan 2020 yil 16 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori ijrosini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga ko`ra byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda faoliyatda zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish bo`yicha bir qator choralarni amalga oshirish belgilangan.
Chunonchi:
2020 yil 1 iyundan boshlab doimiy ravishda qo`mita hamda uning tizimidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, shuningdek, qo`mita tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa viloyat va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar tomonidan:
- hujjatlarni elektron shaklda ro`yxatga olish;
- hujjatlarni rahbarlarga faqat elektron shaklda dastur orqali kiritish;
- rahbarlar tomonidan barcha xujjatlarga faqat elektron shaklda ustxat (topshiriq xati) qo`yish;
- nazorat kartochkalarini faqat elektron shaklda (dasturda) yuritish;
- hujjatlarni elektron dastur orqali ijroga qaratish va nazoratni yuritish belgilangan.
Eslatib o`tamiz, Prezident 2025 yilgacha to`liq elektron xizmat ko`rsatishga o`tishni topshirganligi haqida xabar bergan edik.






