AsosiyJamiyat

Kosondagi 98-maktab direktori pora bilan qo`lga tushdi. U soxta diplom tayyorlab berishni va shu diplom bilan ishga olishni va`da bergan

'Kosondagi 98-maktab direktori pora bilan qo`lga tushdi. U soxta diplom tayyorlab berishni va shu diplom bilan ishga olishni va`da bergan'ning rasmi

Koson tumanidagi 98-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori Z.N. 800 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi ma`lumotlariga asoslanib viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, Z.N. fuqaro U.X.ga 300 AQSh dollari evaziga o`rta-maxsus darajani beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berishni hamda 500 AQSh dollari evaziga uni ana shu “hujjat” asosida o`zi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilishni va`da qilib, jami 800 AQSh dollari so`ragan.

Z.N. ushbu pulni tuman xalq ta`limi bo`limi binosi oldida, o`zining boshqaruvida bo`lgan “Neksiya-3” rusumli mashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar