AsosiyJamiyat

Andijonda qidiruvdagi “alimentchi” otaga chora ko`rildi

'Andijonda qidiruvdagi “alimentchi” otaga chora ko`rildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Izboskan tumanlararo sudining 2017 yil 22 fevral kunidagi sud buyrug`iga asosan, qarzdor B.Ruziboevdan undiruvchi D.Ruziboeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilangan edi. Biroq, B.Ruziboev o`z farzandi uchun aliment pullarini to`lamasdan, yashirinib yurgan. Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo`limi tomonidan qarzdor B.Ruziboevga nisbatan 2019 yil 9 oktyabr kunidan qidiruv e`lon qilingan.

Byuro xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida B.Ruziboev 2020 yil 6 yanvar kuni Baliqchi tuman hududidan topib keltirildi.

Farzandi ta`minotidan bo`yin tovlagan otaning ishi ma`muriy sudda ko`rib chiqilib, B.Ruziboevga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya ma`lum qildi MIB matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar