AsosiyJamiyat

Multimodal yo`nalish: Birinchi yuk poezdi O`zbekiston orqali Gruziyaga etib bordi

'Multimodal yo`nalish: Birinchi yuk poezdi O`zbekiston orqali Gruziyaga etib bordi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasidan birinchi yuk poezdi 21 yanvar kuni Qorasuv (Qirg`iziston) shaharidan Batumi (Gruziya) shahriga jo`nab ketdi.  Multimodal tranzit yo`lagi orqali jo`natilgan 49 sisternadan (mazut) iborat tarkib O`zbekiston hududidan rejalashtirilgan 36 soat o`rniga 33 soatda yo`l bosib o`tdi.

O`zbekiston orqali yuklarni jo`natishni amalga oshirish bo`yicha ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bugungi kunda tarkibida yana 48 ta mazut ortilgan sisternali yuk poezdi Qorasuvdan Batumiga jo`nab ketdi.  Ushbu tranzit multimodal yo`lagidan navbatdagi yuk jo`natish uchun tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, Toshkentda 2019 yil 19-20 dekabr kunlari besh mamlakat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg`iziston, Turkmaniston va O`zbekiston temir yo`llari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tgan edi. Uchrashuv doirasida ishtirokchilar "Osiyo-tinch okeani mamlakatlari – Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Evropa" xalqaro multimodal marshrutini rivojlantirish bo`yicha mazkur tadbirning ahamiyati, konteyner poezdlarini jadallik bilan o`tkazish va yagona tariflarni qo`llash bo`yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishgan edi. Bu esa nafaqat Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari o`rtasida, balki Evropa va Osiyo qit`asining boshqa davlatlari bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.  

    Boshqa yangiliklar