AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri koronovirus yuzasidan bayonot berdi

'Sog`liqni saqlash vaziri koronovirus yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

Alisher Shadmanov, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri:

– Koronavirus bo`yicha yuzaga kelgan murakkab epidemik vaziyat dunyo miqyosida xavotirli tus olmoqda. Rivojlangan davlatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Singapur, Tayvan, Fransiya va AQShda ham ushbu virus aniqlangan.

Ushbu epidemik vaziyatga qarshi yurtimizda kerakli barcha choralar ko`rilmoqda. Xususan, havo, avtomobil va temir yo`l transporti ob`ektlarida sanitariya-epidemiologiya va migrasiya nazorati kuchaytirilmoqda. Xitoydan qaytayotgan fuqarolarga tibbiy nazorat o`rnatilgan.

Ammo bu xavfsizlikni to`liq kafolatlaydi, degani emas. Negaki, koronavirus infeksiyasi havo tomchilari orqali o`tishi, insondan insonga yuqishi, shuningdek, kasallikning yashirin davri 1 – 14 kungacha kechishi jiddiy xavotir uyg`otmoqda. Shu bois fuqarolarimizdan Xitoyga, zarurat bo`lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qilaman.

    Boshqa yangiliklar