AsosiyJamiyat

Bojxonachilar 112 million so`mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi

'Bojxonachilar 112 million so`mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday huquqbuzarlikka chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida “ISUZI” rusumli yuk avtoulovi to`xtatilib, ko`zdan kechirilganida, mazkur  avtoulovda hech qanday hujjatlari bo`lmagan 60 dona televizor va 52 dona changyutgichlar borligi aniqlandi.

Umumiy qiymati 112 million so`mni tashkil etuvchi ushbu maishiy texnika buyumlari qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar