Eron janubidagi Fars viloyatida 27 yanvar kuni 5,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi, deya xabar berdi Eron davlat televideniyasiga asoslanib Tarjumon.
Fars viloyati favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig`ining so`zlariga ko`ra, zilzila oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Ammo tabiiy ofat yuz bergan hududda joylashgan Xan Zenian shahrida uylarga zarar etgan.
Zilzila sodir bo`lgan joyga ekspertlar guruhi yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, zilzila episentrdan taxminan 50 km uzoqlikdagi Sheroz aholisi ham er silkinishini sezgan.






