Joriy yilning 27 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida "Gazprombank" AJ (Rossiya) Boshqaruv raisi o`rinbosari Aleksey Matveenko boshchiligidagi delegasiya bilan hamkorlikning dolzarb masalalari va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Energetika vaziri o`rinbosari Umidjon Isroilov va "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev ishtirok etdi.
Muzokaralarda bank neft va gaz sohasida faol hamkorlik qilib kelayotgani alohida ta`kidlandi. Umumiy moliyalashtirilish qariyb 900 million dollar mablag`ni tashkil etadi, jumladan uglevodorod ishlab chiqarishni ko`paytirish Dasturi, GTL zavodining qurilishi, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va boshqalar.
"Gazprombank"AJ rahbariyati Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasining qurilishi va “Mustakillikning 25 yilligi" konini qo`shimcha razvedka qilish va rivojlantirish bo`yicha" kabi boshqa investisiya loyihalarini moliyalashtirish orqali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasining barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini birgalikda ko`rib chiqishga kelishib oldilar.