AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi “Markaziy dehqon bozori” koronovirus sababli ishlamadi degan xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi

'Jizzaxdagi “Markaziy dehqon bozori” koronovirus sababli ishlamadi degan xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

 Bir necha kun ichida Jizzax viloyatida davolab bo`lmaydigan gripp virusi – koronovirusga chalingan bemorlar aniqlangani haqidagi xabarlar  tarqaldi. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bu xabar rad etilib, vahimaga tushish asossiz ekanligi haqida rasmiy munosabat bildirilgan bo`lsa-da, Jizzax “Markaziy dehqon bozori”AJ (xalq tilida “stansiya” bozori)ning vaqtincha yopilishi ham shu mish-mishga bog`landi. 

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi F.Ibragimov 20-25 yanvar kunlari o`z faoliyatini to`xtatgan bozor hududida qanday ishlar amalga oshirilgani haqida rasmiy ma`lumot berdi.

Jizzax shahar hokimining 2020 yil 20 yanvardagi 10-sonli farmoyishiga ko`ra, 20-25 yanvar kunlari bozorda sanitariya kunlari o`tkazilgan. Dastlab, hududdagi sotuvchilarning barcha savdo jihozlari va mahsulotlari hududdan olib chiqib ketildi va bozor chiqindilardan tozalangan. Sotuvchilar tomonidan ruxsatsiz olib kirilgan barcha turdagi qo`lbola savdo rastalari va moslamalar chiqarilgan.

Ta`mirtalab bo`lib qolgan savdo rastalari, kafel va bruschatkalar ta`mirlanib, yangilanib, 1152 ta rasta yangidan raqamlangan.

 Xullas berilgan ma`lumotlarga ko`ra, hududda faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq turg`un savdo do`konlari, 4 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tadbirkorlar tomonidan joriy ta`mirlash, savdo  jihozlari va peshtaxtalarini yangilash ishlari bajarilgan. Hozirda bozorda tadbirkorlar  o`z faoliyatini emin-erkin davom etirmoqda.

    Boshqa yangiliklar