1

Yurtimiz bozorlarida sotilayotgan banandan koronavirus yuqishi mumkin? SSV oydinlik kiritdi

Jamiyat 28.01.2020, 20:53
Yurtimiz bozorlarida sotilayotgan banandan koronavirus yuqishi mumkin? SSV oydinlik kiritdi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamriddin Boqievning ta`kidlashicha, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o`tkaziladi. 

Chetdan kirib kelayotgan mevalar birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar berish bo`limlarida xavfsizlik ko`rsatkichlari bo`yicha tekshirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so`ng “O`zstandart” agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzovotlar sotuviga ruxsat beriladi.

Xo`sh, meva-sabzavotlardan koronavirus yuqishi mumkinmi?

– Xitoydagi xavotirli epedmik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzovotlar bo`yicha ham turli tekshiruvlar olib borilayapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan, – deydi Qamriddin Boqiev. – Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo`layotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to`xtamga kelingani yo`q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan eyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo`lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste`moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan.

Ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi yurtimizda kerakli barcha choralar ko`rilmoqda, deyiladi xabarda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi va u bilan bog`liq vaziyat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1