1

O`z joniga qasd qilgan ayolni qutqarib qolgan xorazmlik yigitning o`zi Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qoldi

Jamiyat 29.01.2020, 10:03
O`z joniga qasd qilgan ayolni qutqarib qolgan xorazmlik yigitning o`zi Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qoldi

Qishning qoq chillasida bog`otlik 21 yoshli Yoqubboy Do`stmetov o`z jonini xatarga qo`yib, cho`kayotgan ayolni qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

Yaxshigina shov-shuv bo`lgan mazkur voqelik sabab, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yigitga ish taklif qilib kelgan, biroq ungacha xaloskor tirikchilik uchun Rossiyaga ketgan edi.

"xabar.uz"ga ko`ra, ayni paytda Rossiya bo`lib turgan Yoqubboy 26 yanvar kuni qornida paydo bo`lgan qattiq og`riqdan kasalxonaga tushdi. Maxsus tekshiruvdan so`ng tezkor jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani aytilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, o`n yil avval appendisit tashxisi bilan jarrohlik stoliga yotishga majbur bo`lgan yigitning ko`richagi o`rni qattiq yallig`langan va yiring to`plana boshlangan. Natijada Krasnodar o`lkasi Markaziy shifoxonasi jarrohlari uning 15 sm. uzunlikdagi (yallig`langan) ichagini kesib tashlashga majbur bo`lishibdi.

Hozirda bemorning holati ancha yaxshi. Biroq yaqindagina Rossiyaga ishlagani kelib, hali biror yumush boshini tutishga ulgurmagan yigitning moddiy ahvoli qanday bo`lishi ma`lum.

Xullas, kutilmagan ko`ngilsizlikdan hamyurtimiz ancha qiyin vaziyatga tushib qolgan. Krasnodar o`lkasidagi hamyurtlarimiz va boshqa savobtalab insonlar yurtdoshimizga imkon qadar yordam bersalar, nur ustiga a`lo nur bo`lar edi.

Aloqa liniyalari: +79002380132, yoki +998 99 749 98 75 raqamida IMO ochilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1