1

Toshkent viloyatida Farmasevtika texnik universiteti tashkil etiladi

Jamiyat 29.01.2020, 11:08
Toshkent viloyatida Farmasevtika texnik universiteti tashkil etiladi

“Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy Axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Qibray tumanida “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri tashkil etiladi. 

Klaster o`z ichiga Farmasevtika texnik universiteti, innovasion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo`ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasini tashkil etishni qamrab oladi.

Qaror bilan klasterning hamda universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari belgilandi. 

Jumladan, universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta`lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Qaror bilan klasterni tashkil etish bo`yicha konsepsiya hamda amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko`ra, klasterni tashkil etishdan maqsad respublikaning farmasevtika tarmog`ini quyidagi uch yo`nalishda rivojlantirish hisoblanadi:

farmasevtika fanini rivojlantirish;

farmasevtikada ta`lim tizimini takomillashtirish;

chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil qilish.

Shuningdek, qaror bilan Klasterning vasiylik kengashi hamda Davlat muassasasi shaklidagi “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi. 

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Direksiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1