1

Xorijdan Toshkentga yuborilgan pochta ichidan nima chiqdi?

Jamiyat 29.01.2020, 13:52
Xorijdan Toshkentga yuborilgan pochta ichidan nima chiqdi?

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo`natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo`natmalarida jo`natish qat`iyan taqiqlangan.

Ammo shunga qaramay, pochta jo`natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini jo`natish holatlari hamon uchramoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar X.N., D.J. va B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmalari nazoratdan o`tkazilganida, unda deklarasiyada ko`rsatilmagan  130 dona tarkibida “psevdoefedrin” psixotrop moddalari mavjud bo`lgan dori vositalari hamda 50 dona tarkibida psixotrop moddalari mavjud “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro N.M. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasida 
11 dona “kannabis” o`simligining urug`lari yashirilganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1