1

Maxsus mashinaga "znak" uchun jarima yozilmagani tarqatilgani yuzasidan tekshiruv o`tkazilmoqda

Jamiyat 29.01.2020, 14:04
Maxsus mashinaga "znak" uchun jarima yozilmagani tarqatilgani yuzasidan tekshiruv o`tkazilmoqda

2020 yilning 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning avtobloguz Maksud Muzaffarov kanalida “eJarima” portali yo`l patrul xizmati maxsus transport vositasiga jarima yozmaydimi?” nomli maqola e`lon qilingan.

Unda haydovchi Toshkent shahri Mirobod tumanida YPX xizmatining 01 506 VSC davlat raqamli maxsus transport vositasi 3.27 yo`l belgisi ta`siri doirasida noqonuniy, YHQ talablarini buzgan holda turganligini o`z videoregistratori orqali qayd etgan. Ushbu holatni u “eJarima”portaliga yuborganligi, “eJarima” portalidan esa, shu paytda transport vositasining maxsus chiroq-mayoqchalari yonmagan bo`lsada, “maxsus imtiyozga ega avtomabil” ekanligi haqida javob berilgani aytilgan. 

Mazkur xolat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganligi xolati bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan hozirda xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1