Tojikistonlik “Islom davlati” guruhi g`oyasining voizlaridan bo`lmish Parviz Saidrahmonov (Abu Dovud) yaqin kunlar ichida Suriyadan vataniga ekstradisiya qilinadi.
Ayni damda sobiq jangari Suriyaning Afrin shahridagi qamoqxonalardan birida ushlab turilibdi.
Tojikiston Bosh prokuraturasi qoshidagi fuqarolarning terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga qo`shilishi profilaktikasi respublika shtabi boshlig`i MuzaffarYusufi jurnalistlarning Parviz Saidrahmonovning taqdiri haqida bergan savoliga javob berar ekan, hukumat “Abu Dovud”ni vatanga ekstradisiyasi uchun zarur hujjatlarni tayyorlaganini bildirdi. “Biz bu masala Suriya rasmiylari bilan ijobiy hal bo`lishiga va jangari yaqin kunlar ichida Tojikistonga qaytarilishiga umid qilamiz. Saidrahmonovdan tashqari vatanga terror tashkilotlari safiga Tojikiston fuqarolarini yollagan “Islom davlati”ning boshqa jangarilari ham ekstradisiya qilinadi”, dedi u.
Tojikiston Bosh prokurori Yusuf Rahmonning qo`shimcha qilishicha, tasdiqlangan ma`lumotlarga ko`ra, ayrim jangarilar, masalan “Abu Usama Noraki” nomi bilan tanilgan Tojiddin Nazarov ham Suriya qamoqxonasida saqlanmoqda. “Suriya rasmiylari tomonidan qo`lga olingan barcha jangarilar Tojikistonga ekstradisiya qilinganidan so`ng albatta jinoiy javobgarlikka tortiladi“, deya bayonot berdi Bosh prokuror.
Bundan avval Tojikiston huquq tartibot idoralaridagi manbalar hukumat “Abu Dovud“ va Tojiddin Nazarovni vatanga ekstradisiyasi borasida so`rovnoma tayyorlayotganliklari haqida ma`lum qilgan edi. “Ularning har ikkisida Suriya va Iroqda ID tomonida turib jang qilgan Tojikiston fuqarolari haqida ko`plab ma`lumotlar bor“, deya ta`kidlaydi manba.
Parviz Saidrahmonovva Tojiddin Nazarov vatanida ekstremizm, terror tashkilotlariga a`zolik va yollashda ayblanadi.
Manbalarning xabar qilishicha, Dushanbe shahrida tug`ilgan 33 yoshli Parviz Saidrahmonovo`tgan yilning yozida IDning Idlib viloyatidagi so`ngi tayanch nuqtasi bo`lmish Baguz qishlog`ini tark etishga uringanda qo`lga olingan bo`lishi mumkin. 2014 yilda ID saflariga qo`shilgan ParvizSaidrahmonov Tojikiston fuqarolari orasida terror guruhi g`oyalarini tarqatgan voizlardan biri hisoblanadi.
Bundan avval Parviz Saidrahmonovning qarindoshlari uning hibsga olinganini tasdiqlagan edi.Shu bilan birga ular o`tgan yilning yozida Parviz “do`zaxdan qutilishi uchun” o`ziga 6 ming dollar yuborishlarini so`raganini ham aytishdi.
Turkiyadagi manbalar yana bir tojik “jihodchisi“ Tojiddin Nazarovning ushlanganini ma`lum qilgan edi. Ularning ma`lumotiga ko`ra, “Abu Usama Noraki“ Dayr az-Zor shahridagi Haqq ul-Umrqamoqxonasida ushlab turilibdi. 32 yoshli Tojiddin Nazarov Norak shahrida tug`ilgan bo`lib, 2014 yildan beri ID saflarida xizmat.






