AsosiyJamiyat

Namanganda haydovchi ishni “tinchgina” hal qilish uchun YPX xodimiga pora berayotib, qo`lga tushdi

'Namanganda haydovchi ishni “tinchgina” hal qilish uchun YPX xodimiga pora berayotib, qo`lga tushdi'ning rasmi

Namangan viloyati YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi komandiri D.Maxsimchaev xizmat taqsimotiga ko`ra, 2020 yilning 26 yanvar kuni Kosonsoy shahri hududida xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida, taxminan soat 09:35 da “Damas” rusumli avtomashinani hujjatlarini tekshirish maqsadida o`rnatilgan tartib to`xtatgan. Haydovchi R.A.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo`lmaganligi sababli, fuqaro R.A.ga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnomani rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi R.A. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektori D.Maxsimchaevga 100 AQSh dollarini pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni fuqaro R.A.  YPX xodimi D.Maxsimchaevga 100 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar