1

Buxoroda haydovchi agregat raqamlari qo`lbola usulda urilganligini inobatga olmasligi uchun YPX xodimiga pora berayotganda qo`lga tushdi

Jamiyat 30.01.2020, 09:57
Buxoroda haydovchi agregat raqamlari qo`lbola usulda urilganligini inobatga olmasligi uchun YPX xodimiga pora berayotganda qo`lga tushdi

Buxoro viloyati IIB YHXB 2-Tumanlararo ro`yxatdan o`tkazish va imtixon olish bo`linmasi DYHXX inspektori A.Xadievga Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar D.E. va R.T.lar D.E.ga tegishli bo`lgan “Ford” rusumli avtomobilning dvigatel qismiga yozilgan agregat raqamlari qo`lbola usulda urilganligini inobatga olmasdan, avtomashinaga yangi davlat raqam belgisini olish uchun tekshiriladigan agregat raqamini davlat standartlariga to`g`ri keladi deb hisoblab, imzo qo`yib berishini so`rab, buning evaziga 200 ming so`m pora taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 2020 yil 27 yanvar kunifuqarolar D.E. va R.Tlar inspektor A.Xadievga 200 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1