1

Senat Xitoydagi o`zbekistonlik talabalar ahvolidan xabar oldi

Jamiyat 30.01.2020, 10:07
Senat Xitoydagi o`zbekistonlik talabalar ahvolidan xabar oldi

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bo`lib turgan o`zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma`lumotlar oldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar beradi.

Ushbu ma`lumotlarga ko`ra, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o`zbekistonlik talaba mavjud bo`lib, ular bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma`murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

O`zbekistonlik talabalarning sog`lig`i bilan bog`liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to`liq nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1