1

Kompaniyalar Xitoyga bepul chiptalar taklif qilmoqda

Dunyo 30.01.2020, 19:05
Kompaniyalar Xitoyga bepul chiptalar taklif qilmoqda

Xitoy bilan parvozlarni to`xtatgan xalqaro aviakompaniyalar soni tez sur`atlarda o`smoqda. Shu bilan birga, xitoylik sayyohlarning chet elga safarlari bekor qilinganligi sababli, ba`zi tranzit yo`nalishlarida ham parvozlarni vaqtincha to`xtatishga majbur bo`linmoqda. "Aeroflot" va S7 kabi ko`plab kompaniyalar Xitoyga parvoz uchun bepul chiptalar taklif qilmoqda, deya yozdi xorijiy OAVga asoslanib Qalampir nashri.

Avvalroq, bir qator aviakompaniyalar koronavirus tarqalishi boshlangan Uxan shahriga reyslarni ommaviy ravishda bekor qilgani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng 23 yanvardan boshlab XXR ma`murlari aeroport va shahar stansiyalari ishini to`xtatib qo`ydi.

Nafaqat Xitoyga, balki Evropaga ham reyslar bekor qilinmoqda.

29 yanvar kuni Rossiyaning "Uralskie avialinii" aviakompaniyasi qish so`ngiga qadar koronavirus tarqalishi sababli Evropaning qator mamlakatlariga to`g`ridan to`g`ri aviareyslarni to`xtatayotganini ma`lum qilgan. 

Avvalroq Ural Airlines aviakompaniyasi Xitoyning Xaynan oroli bilan Ekaterinburg va Tyumendan parvozlarni to`xtatgan edi. Shuningdek, 7 fevraldan boshlab Ekaterinburgdan Sian va Ordos shaharlari bilan aloqa to`xtatilgan.

Hafta boshida Rossiya aviakompaniyalari, xususan, "Azur Air", Nordwid va iFly Xitoyga charter reyslarini vaqtincha to`xtatdi.

Ba`zi davlatlar, shu jumladan Gruziya va Qozog`iston, shu paytgacha XXRga havo qatnovini butunlay cheklashga qaror chiqarib bo`ldi. Shunday qilib, Gruziya fuqaro aviasiyasi agentligi parvozlardagi cheklovlar qishki navigasiya mavsumi oxiriga qadar (29 mart) kuchda qoladi. Gruziya va Xitoy o`rtasida haftasiga uch marta Tbilisi-Urumchi yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslar bor. Qozog`iston hukumati qoshidagi idoralararo komissiya Xitoy fuqarolariga vizalar berilishini va 3 fevraldan mamlakatlar o`rtasida muntazam havo qatnovini to`xtatishga qaror qilgan.

"British Airways" aviakompaniyasi ham Xitoyga reyslarning to`xtatilishini ma`lum qildi. Bundan tashqari, Finlyandiyaning "Finnair" aviakompaniyasi Xitoyga bir nechta reyslarni bekor qildi.

O`z navbatida, Xitoyning Nine Air aviakompaniyasi ham bitta xalqaro reysini bekor qildi. Shuningdek, Vladivostok va Xitoyning Yivu shahri o`rtasidagi ikkinchi reysni bekor qilishi kutilmoqda. O`tgan hafta yana bir Nord Star aviakompaniyasi rossiyalik sayyohlarni Saniyaga (Xitoy) tashishni to`xtatgan.

AQSh va Ispaniya ham reyslarni to`xtatishi mumkin.

AQSh ma`muriyati pnevmoniya avj olganligi sababli Xitoydan AQShga barcha reyslarni vaqtincha taqiqlash maqsadga muvofiqligini ko`rib chiqmoqda. Ma`lum bo`lishicha, AQShning yirik aviakompaniyalarining vakillari Oq uyga chaqirilgan va Prezident Donald Tramp ma`muriyati ko`rib chiqilishi muhim bo`lgan mavzular qatoriga Xitoyga barcha reyslarni taqiqlashni kiritgan.

"El Periodico" gazetasining yozishicha, Ispaniyaning Iberria aviakompaniyasi ham Shanxayga to`g`ridan to`g`ri reyslarni to`xtatishni ko`rib chiqmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1