1

Ilon Maskning boyligi bir soatda 2,3 milliard dollarga oshdi

Dunyo 30.01.2020, 23:04
Ilon Maskning boyligi bir soatda 2,3 milliard dollarga oshdi

Tesla Motors kompaniyasining bozor kapitalizasiyasi ko`tarilgani sababli amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi ham bir soat ichida 2,3 milliard dollarga oshdi, deb xabar qiladi O`zA Blooomberg nashriga asoslanib.

Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalari 2,49 foizga oshgan va 580,99 dollardan sotilgan, keyinroq yana 12 foizga oshib 649 dollarga narxlandi. Shu sababli Ilon Maskning umumiy boyligi 36 milliard dollarga etdi.

Ilon Mask Teslaning 22 foiz aksiyasiga egalik qiladi.

Mazkur kompaniya 2003 yilda tashkil etilgan bo`lib, u elektromobillarni va u bilan bog`liq texnologiyalarni ishlab chiqaradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Kaliforniyada joylashgan.

Bunda tashqari, Tesla Motors batareyalar va elektrodvigatellarni ham ishlab chiqaradi va boshqa kompaniyalarga sotadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1