1

Rossiyada samolyot yo`lovchisi bomba bilan tahdid qilgani sabab favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi

Dunyo 31.01.2020, 13:35
Rossiyada samolyot yo`lovchisi bomba bilan tahdid qilgani sabab favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi

Payshanba kuni Rossiya samolyoti Moskvada favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda Tarjumon yozdi.

Sababi shundaki, samolyot bortidagi yo`lovchi ayol o`zida bomba borligi va uni portlatib yuborish mumkinligi bilan tahdid qilgan. Ammo, keyinroq polisiya uning yonida portlovchi moslama topilmaganini ma`lum qilgan.

S7 aviakompaniyasining ma`lum qilishicha, ushbu samolyot Qrimdagi Simferopoldan Moskvaga uchayotgan edi.

Samolyot Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo`ngandan keyin ayol hibsga olingan.

Ammo, ushbu voqea haqida bundan boshqa ma`lumotlar hozircha ma`lum emas.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1