1

O`zbek Milliy akademik drama teatrida yangi spektakl namoyish etildi

Madaniyat 01.02.2020, 14:53
O`zbek Milliy akademik drama teatrida yangi spektakl namoyish etildi

O`zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari yana bir sahna asariga qo`l urishdi. Joriy yilning 31 yanvar kuni O`zbekiston xalq artisti Turg`un Azizov tomonidan sahnalashtirilgan “Boborahim Mashrab” spektakli tomoshabinlar e`tiboriga havola etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Boborahim Mashrab g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiydan keyin o`zbek mumtoz adabiyotiga yangi ruh, o`ziga xos ohang va tasvir go`zalligini olib kirgan so`z san`atkoridir. Mustaqillik yillarida barcha aziz siymolarimiz kabi Mashrab shaxsiyatiga ham adolatli baho berildi.

Mashrab tavalludining 360 yilligi tantanali nishonlandi. Mashrab she`riyatiga xos xususiyat shundaki, uning she`r va g`azallarida Ollohga bo`lgan ishq tarannum etiladi.

Mashrab she`riyati hali to`liq kashf qilinmagan bir xazinadir. Bu she`riyat bilan qancha ko`p tillashsa va dillashsa, inson o`zligini shuncha teran anglash imkoniga erishadi, shaxs va jamiyat, odam va olam, Haq va banda munosabatlarini to`g`ri mushohada aylash darajasiga ko`tariladi.

Spektaklda ayni shu kabi tushunchalar aks ettirilgan.

Bosh rollarni Bibi Salima – O`zbekiston xalq artisti Saida Rametova, Boborahim Mashrab – Sharofiddin Muzropov, Baxtiyor Yusupov, Navro`z Jumaev, Aziz Qobilovlar ijro etgan. Barcha tomoshabinlarni yangi spektaklni tomosha qilishga taklif etamiz.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1