AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirusdan boshqa yana bir virus tarqaldi

'Xitoyda koronavirusdan boshqa yana bir virus tarqaldi'ning rasmi

Xitoyda paydo bo`lgan yangi 2019-nCoV koronavirusi o`chog`i hisoblangan Xubey provinsiyasiga qo`shni Xunan viloyatida H5N1 raqamli parranda grippi tarqalayotgani aniqlandi. Bu haqda Xitoyning China reports manbasi xabar berdi..

Virus 7 mln odam yashovchi Shaoyan shahridagi parranda fermalaridan birida qayd etilgan. Ushbu fermada etishtirilayotgan 7850 dlna broyler-jo`jadan 4500 tasi virus bilan kasallangan.

Mahalliy hokimiyat virus tarqalishining oldini olish maqsadida 17 828 ta parrandani yo`q qilgan.

Hozircha ushbu virus odamlarga yuqqani aniqlanmagan.

Ma`lumot uchun, H5N1 virusi ilk bor Gonkongda tarqalgan va undan 6 kishi halok bo`lgan edi. Oradan 6 yil o`tib, 2003 yilda virus yana tarqalgan. Ikkin safar Xitoy va Gonkongda aniqlangan. 2003-2014 yillar davomida 15 ta mamlakatda ushbu virusdan 392 kishi halok bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, 2019 yilning dekabr oyida Xubey provinsiyasining markazi Uxan shahrida yangi turdagi virus tarqaldi. Bugungacha ushbu virus Xitoydan tashqarida ham 26 ta davlatga etib bordi. Xitoyda virusdan halok bo`lganlar soni 305 nafarga etdi. Virus bilan kasallanganlar soni dunyo bo`yicha 14559 nafarga etdi. Bugun Xitoydan tashqarida, ya`ni Filippinda ham 1 nafar bemor havlok bo`ldi.

Boshqa yangiliklar