1

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Evropa Ittifoqidan yordam so`radi

Dunyo 02.02.2020, 19:05
Teglar: virus, Xitoy
Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Evropa Ittifoqidan yordam so`radi

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda Evropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatlardan yordam so`radi.

Xitoy davlat kengashi raisi Li Kesyan koronavirusga qarshi kurashish uchun dori-darmon vositalari etkazib berishda ko`mak berishni so`rab Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga murojaat qilgan.

Bundan tashqari, Xitoy tashqi ishlar vazirligida AQShda koronavirus sababli favqulodda holat kiritilishi va oxirgi 14 kun Xitoyda bo`lgan xorijliklarga mamlakatga kirish taqiqlangani hamda Xitoyning xavf darajasi eng yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga kiritilishi keskin tanqid qilingan. 

Avvalroq ma`lum qilinganidek, AQShda Xitoydan qaytuvchi amerikaliklar tekshiruvdan o`tkazilib, 14 kunlik karantin qilinmoqda. “Bu shubhasiz yaxshi niyatning namoyish qilinishi emas”, deb aytgan Xitoy tomoni.

Sharhlar

Koronavirusning yangi turi qanday kelib chiqqani aniqlandi

26.01.2020, 23:42

Xitoyda tarqalgan koronavirusning yangi turi ko`plab odamlarda aniqlanmoqda. bugungi kunda bemorlarning soni ikki ming nafardan oshib ketdi. Bu haqda muntazam xabar berib kelmoqdamiz. Ayni payida xitoylik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1