Hindistonning Keral shahrida yana bir nafar koronavirusga uchragan bemor qayd etildi. Ilk bor yangi koronavirusdan zararlanish holati Hindistonda 30 yanvar kuni aynan shu Keral shahrida qayd etilgandi. Bu Uxandan qaytib kelgan talaba bo`lgan.
Ma`lumot uchun: koronavirus 2019-nCoV deb nomlangan infeksiya Xitoyda avj olganligi haqidagi xabar birinchi marta 2019 yilning 31 dekabr kuni e`lon qilindi. Shu vaqt orasida bu infeksiyadan zararlanganlar soni 14,4 mingdan oshib ketdi. Vafot etganlar esa 300 dan ziyod deyilmoqda.
JSST yangi koronavirus xavfini dunyo miqyosida favqulodda holat deb tan oldi.